«oav erkinligi» tegli maqolalar


Yevroparlament Qirg‘iziston hukumatini OAVga bosimni to‘xtatishga chaqirdi
14 iyul 2023, 09:35

Yevroparlament Qirg‘iziston hukumatini OAVga bosimni to‘xtatishga chaqirdi

Yevroparlament deputatlari ko‘pchilik ovoz bilan Qirg‘izistonda so‘z erkinligiga bosim to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda mamlakat rasmiylari bir qator munozarali qonun loyihalarini qaytarib olishga va qator jurnalistlarga nisbatan ayblovlarni olib tashlashga chaqirilgan.

“So‘z erkinligi borasidagi islohotlarga adekvat baho berish kerak” — prezident matbuot kotibi
16 may 2023, 21:19

“So‘z erkinligi borasidagi islohotlarga adekvat baho berish kerak” — prezident matbuot kotibi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonda so‘z erkinligi darajasini izohlab, 2016-yil oxiridan buyon bu boradagi islohotlar natijalariga adekvat baho berish kerakligini aytdi. Komil Allamjonov esa so‘z erkinligi darajasini 5,5 balga baholab, hali qilinadigan ishlar ko‘pligini aytdi.

«OAV vakillariga hech kim „uni yozma, buni yoz“ deyayotgani yo‘q» — Jurnalistlar uyushmasi senzura bo‘yicha murojaatnoma haqida
6 mart 2023, 20:08

«OAV vakillariga hech kim „uni yozma, buni yoz“ deyayotgani yo‘q» — Jurnalistlar uyushmasi senzura bo‘yicha murojaatnoma haqida

Jurnalistlar uyushmasi jurnalistlar va jamoatchilik vakillarining senzura haqidagi murojaatiga izoh berar ekan, «hech bir tahririyat va mustaqil jurnalistlarga, blogerlarga bosim o‘tkazilayotganiga guvoh bo‘lmadik», deya ta’kidladi. Aksincha, so‘z erkinligini suiiste’mol qilish holatlari haqida xabar berdi.

«Erkin OAV uchun shart-sharoit yaratish — propagandaga eng yaxshi javobdir» — AQSh davlat kotibi
1 mart 2023, 19:51

«Erkin OAV uchun shart-sharoit yaratish — propagandaga eng yaxshi javobdir» — AQSh davlat kotibi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentda jurnalistlarga bergan intervyusida tashqi propaganda va dezinformatsiyaga qarshi kurashishda mustaqil va ochiq OAV uchun sharoit yaratish zarur ekanini qayd etdi. «Odamlarga nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘riligini o‘zlari hal qilish imkoniyatini berish kerak», — dedi u.

«Hamma aytadi: OAVni yopib qo‘y, deb. Yo‘q, yopmayman» — prezident so‘z erkinligi haqida
24 fevral 2023, 21:30

«Hamma aytadi: OAVni yopib qo‘y, deb. Yo‘q, yopmayman» — prezident so‘z erkinligi haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshida faollar bilan suhbatda OAV, so‘z erkinligi haqida to‘xtaldi. U ko‘pchilik OAVni yopib qo‘yishni aytishini ma’lum qildi. «Yo‘q, yopmayman. Yana oldingiday prokuror, SNB (MXX) tekshiruvchi bo‘laversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki bo‘ldimi?» — deya so‘radi u.

«OAVlarni ishiga aralashib, u noto‘g‘ri, bu to‘g‘ri deyish davlatning ishi emas» — Tanzila Narbayeva
3 iyul 2021, 12:30

«OAVlarni ishiga aralashib, u noto‘g‘ri, bu to‘g‘ri deyish davlatning ishi emas» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi jurnalistlar uchrashuvda davlat idora va tashkilotlari mansabdorlari senzura o‘rnatishi, OAV ishiga to‘sqinlik qilishi, tazyiq va bosim o‘tkazishiga qarshi javobgarlik yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Sizlarni faoliyatingizga aralashishga, ko‘rsatma, yo‘nalish berishga hech kimning haqqi yo‘q», — dedi u.

Prezident OAVga bosim o‘tkazgan amaldorlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi
26 iyun 2021, 23:42

Prezident OAVga bosim o‘tkazgan amaldorlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida milliy jurnalistika turli sinov va qiyinchliklarga duch kelayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari senzura o‘rnatish, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish va boshqalar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.

Ishtixon hokimiyati matbuot xizmati xodimi jurnalist kamerasining xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda
15 iyun 2021, 17:41

Ishtixon hokimiyati matbuot xizmati xodimi jurnalist kamerasining xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi dehqon bozoridani yong‘inni yoritishga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda. Hokimlik axborot xizmati rahbari tushunmovchilik bo‘lganini qayd etdi. Samarqand viloyati hokimligi holat AOKA vakillari va ikki tomon ishtirokida o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.

Allamjonov OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi biznesga bosim haqida fikr bildirdi
21 aprel 2021, 11:05

Allamjonov OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi biznesga bosim haqida fikr bildirdi

«Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas», — deb yozdi Komil Allamjonov. Davlat idorasi xodimlarining OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga bosim o‘tkazishi noqonuniy, deya ta’kidladi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting